Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 18 martdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 73-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti fakultetlari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi.

Umumiy hisob natijalariga ko‘ra: 1 o‘rin O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining «Taraqqiyot» jamoasiga, 2 o‘rin Tarix fakultetining «Yoshlar » jamoasiga, 3 o‘rin Xorijiy tillar fakultetining «Renessans» jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha jamoa a’zolari universitet ma’muriyati hamda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.