Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/11/2022
Chop etish
“Yangi O’zbekistonning ertangi kelajagi-Ma’nan yetuk va barkamol avlod qo’lida!” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Zomin tuman “Baxt” mahallasida, “Yangi O’zbekistonning ertangi kelajagi-Ma’nan yetuk va barkamol avlod qo’lida!” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Mahalladagi yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqidagi iliq fikrlar bilan boshlandi.

Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari “Baxt” mahallasida joylashgan 25 – son umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi.

Tadbir davomida mahallada uyushmagan yoshlar bilan futbol musobaqasi, shaxmat-shashka musobaqasi, «Zakovat” intellektual oʼyini va “Issiq non” loyihasi  amalga oshirildi.

Hududdagi  yoshi ulug’ keksa insonlar holidan xabar olindi. Tadbir so’ngida musobaqa g’oliblari taqdirlandi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

 

 


Ulashish:
1 325
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.