Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/03/2023
Chop etish
Xush Kelding Bahor, Xush Kelding Navro‘z!

Fasllarning yosh kelinchagi,

Ezgulikning zar belanchagi,

Istiqlolning guli, chechagi,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan Navro‘zi olam yurtimizning har bir go‘shasida o‘ziga xos tarzda tantanali nishonlanmoqda. Ana shunday tantanovor ruhda tashkil etilgan bayram sayli Jizzax davlat pedagogika universitetida  ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Dastavval Universitet  hovlisida Navro‘z bayrami dasturxoni yozilib bahoriy taomlar  bilan bezatildi. Unda shu oliygohda faoliyat ko‘rsatgan bugungi kunda nafaqadagi  faxriylar ustozlar mehmon bo‘ldilar.  Bahoriy taom sumalak barcha mehmonlarga tortiq qilindi.

Shundan so‘ng mehmonlar asosiy tantanalar bo‘lib o‘tayotgan universitetning o‘yingohiga tashrif buyurishdi.  Universitetning barcha fakultetlari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar, milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon hamda folklor jamoalarining kuy qo‘shiqlari, kelin salomlar-u, milliy xalq o‘yinlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Har bir fakultet jamoasi tomonidan tayyorlangan bir-biriga o‘xshamas badiiy dasturlar mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa Tarix fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan Amir Temur hamda sulton Boyazid o‘rtasidagi suhbat aks ettirligan sahnaviy ko‘rinish yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bayram dasturi davomida universitet talabalari o‘rtasida “Ko‘k terak”, yigitlar o‘rtasida sportning tosh ko‘tarish, arqon tortish va “Eng yaxshi Navro‘z dasturxoni” kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkazildi.

Bayram dasturini universitet rektori Sh.Sharipov ochib berib, barchani Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabrikladi hamda kelgusidagi o‘qish va ishlarda omadlar tiladi.Shundan so‘ng tadbirining badiiy qismi boshlandi.

Sahnada universitet badiiy jamoasi talaba yoshlar tomonidan Navro‘zni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, yallalar aytildi. E.Lutfullaev nomidagi talabalar maqom ansambli tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngligi zavq olib kirdi. Talaba teatr studiyasi jamoasining bayramona chiqishlari esa tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Shu kuni barcha yayradi, qo‘shiqlar raqslarga ulandi. Bir so‘z bilan aytganda Navro‘z bayramga kelganlar dildan yayradi.


Ulashish:
2 015
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.