Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Tahsil olayotgan xorijiy talabalar

JDPUdagi xalqaro markazlar


Universitetda Janubiy Korea davlatining Qirol Sejong Instituti Fondi va Kyungwon universiteti bilan hamkorlikda Jizzax Sejong koreys tili markazi tashkil etildi. Universitetga koreys tili markazini tashkil etish uchun Qirol Sejong instituti fondi tomonidan mablag‘ ajratildi va markaz faoliyati to‘liq moliayalashtirildi. Universitet uchun ajratilgan ushbu xorijiy grant mablag‘i hisobidan koreys tili markazi kerakli barcha texnika va jihozlar bilan ta’minlandi. Hozirda markazda 3 nafar koreys tili mutaxassislaridan 60 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Universitetning koreys tili markazi o‘quvchilari sonini oshirish hamda kelajakda koreys tili yo‘nalishini tashkil etishda yetarlicha mutaxasisslarga ega bo‘lish uchun koreys tilining xalqaro (TOPIK) va Qirol Sejong instituti fondining (SKA) sertifikatlari imtihonlarini birinchi bor o’tkazilishiga erishildi.