Gender tengligi
Gender tengligi
|
27/11/2025
Chop etish
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” – Filologiya fakultetida davra suhbat o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 2-kurs talaba-qizlari ishtirokida “Biz yoshlar zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi L. Xalitova, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova hamda fakultet dekan maslahatchisi M. Umarqulova so‘zga chiqib, zamonaviy axborot makonida uchrayotgan kiberbosim, raqamli shantaj, shaxsga oid ma’lumotlarni tarqatish, feyk sahifalar va onlayn bezorilik kabi holatlar oqibatlari hamda ularga qarshi huquqiy choralar haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida talabalarga oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq nizolarni fuqarolik sudida qanday ko‘rilishi, nikohni bekor qilish jarayoni, da’vo arizasi topshirish tartibi va ajrim chog‘ida bolalar huquqlarining himoyasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Sud amaliyoti misolida ota-ona majburiyatlari va bolalar manfaatining ustuvorligi atroflicha yoritildi.

Shuningdek, talaba-qizlar raqamli makonda o‘zini himoya qilish, xavfli kontent va onlayn zo‘ravonlikka duch kelganda qanday chora ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar oldi. Tadbirda mavzuga doir videoroliklar namoyish qilinib, savol-javob va ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.


Ulashish:
1 464
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Besh tashabbus olimpiadasi»: voleybol bahslari bilan davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi fakultetlararo universitet bosqichi davom etmoqda.
Nogironlar huquqlari — har bir nogironligi bo‘lgan shaxsning huquq va erkinliklari
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Nogironlar huquqlari – har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir» mavzusida davra suhbati...
Bitiruvchi talabalar uchun ish beruvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy maktabida bitiruvchi bosqich talabalarining ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.