Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/12/2025
Chop etish
Zomindan gapiramiz!

6–7-dekabr kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari Zomin dam olish maskanida navbatdagi dam olish kunlarini o‘tkazib qaytishdi.

Ta’kidlash joizki, universitet jamoasi uchun dam olish va sog‘lomlashtirish kunlari sentyabr oyidan buyon har hafta muntazam ravishda tashkil etilib, ushbu tashabbus allaqachon yaxshi an’anaga aylangan.

Shu muddat davomida 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar Zominning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi bag‘rida hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar.

Zominga tashrif buyurgan safar ishtirokchilari tog‘ havosi, sof iqlim va qish faslining oppoq ziyosida maza qilib hordiq chiqarganini, tabiat go‘zalligi ularga katta ruhiy zavq va ijobiy taassurotlar bag‘ishlaganini qayd etishdi.

Ular mazkur imkoniyat uchun kasaba uyushmasi hamda universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Ulashish:
996
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.