Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2026
Chop etish
Zominda tashkil etilayotgan sayohatlar tobora mazmunli va maroqli o‘tmoqda.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan iborat 15 kishilik guruh har hafta dam olish kunlarini Zominning betakror tabiati qo‘ynida o‘tkazmoqda.

Ayniqsa, bahor faslidagi go‘zal manzaralar, tabiat uyg‘onishi ustozlarga alohida kayfiyat bag‘ishlamoqda. Navbatdagi sayohat ishtirokchilari ham ushbu go‘zal faslning zavqini his etib, mazmunli hordiq chiqarishdi.

Bunday sayohatlar professor-o‘qituvchilarning ish faoliyatiga ijobiy ruh bag‘ishlab, ularning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirgan holda, mazkur tashabbuslarning izchil davom etishi ta’lim sifati va jamoa muhitini yanada mustahkamlaydi.


Ulashish:
689
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...