Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/02/2026
Chop etish
Zamonaviy pedagogik kompetensiyalar va sifatli ta’lim masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quv seminarlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekiston professor-o‘qituvchisining pedagogik faoliyatidagi dolzarb masalalar” mavzusida tashkil etildi. Seminarda sifatli ta’lim modeli, pedagogik kompetentlik, o‘qituvchining kasbiy mahorati, innovatsion o‘qitish texnologiyalari, 21-asr ko‘nikmalari hamda 3-Renessans g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu o‘quv-seminarda Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori, Turon fanlar akademiyasi akademigi Tolipova Jamila Olimjonovna ekspert sifatida ishtirok etdi. Ekspert tomonidan o‘qituvchining shaxsiy namunasi, kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kompetensiyaviy yondashuv, zamonaviy baholash tizimlari hamda talabani tadqiqotga yo‘naltirishning amaliy jihatlari yuzasidan muhim nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar ishtirokchilari pedagog kadrlarning ijodiy va ilmiy faolligini oshirish, innovatsion va integrativ yondashuvlarni qo‘llash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida zamon talablariga mos ish uslublarini joriy etish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘ldilar.

Mazkur o‘quv seminarlari pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
2 189
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.