Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/02/2023
Chop etish
Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «She’riyatning ikki qanoti» shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy kecha tashkil etildi.

 

Adabiy kechani universitet rektori, professor Sh.Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi. Universitet rektori A.Navoiy va Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida fikrlar bilidirib, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bobolarimizning ma’naviy merosi va tarixini o‘rganishdagi ahamiyati qay darajada muhim ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.Tadbirni faol va ijodkor talaba yoshlarning taqdirlash marosimi davom ettirdi.

Ijodiy kechaga universitet qoshida tashkil etilgan E.Lutfullaev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli ishtirokidagi teatrlashtirilgan konsert dasturi yakun yasadi.

Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Rahimov ham ishtirok etdi.


Ulashish:
1 583
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...