Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
18/04/2023
Chop etish
ZA’FARON (ZA’FARON) O’SIMLIGINING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Dotsent Ortiqova Lola Soatovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Magistr Oripova E’zoza Ravshan qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Talaba Fayzieva Dilshoda

Jizzax davlat pedagogika universiteti

 

Annotasiya: Za’faron xalq tabobatida bebaho dorivor va xushbo‘y ziravorli giyoh hisoblanib,  o’simligining inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari qadimdan ma’lum. Hozirgi kungacha o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to‘g‘risida ma’lumot ilm fan olamida o’rganilib kelinmoqda.

Kalit so’zlar: za’faron, giyoh, yetishtirish, o’simlik, dorivor, tabobat, foydali, quvvat, tarkib.

 

Ekma za’faron (Crocus sativus – za’faron posevnoy)ning gulchangchi (rыlsa)si asosiy xomashyo hisoblanib, tibbiyotda dori-darmon vositasi sifatida, oziq-ovqat sanoatida turli xil mahsulotlarga rang, hid va ta’m beruvchi ziravor sifatida foydalaniladi. Za’faronning o’simligi qadimdan dorivor vosita sifatida xalq tabobatida ishlatilgan (1-rasm).

 

1-rasm. Ekma za’faron (Crocus sativus)

 

Za’faron xalq tabobatida bebaho dorivor va xushbo‘y ziravorli giyoh hisoblanib, za’faron o’simligining inson salomatligi uchun foydali xususiyatlarini sharq mutafakkir olimlari Abu Rayhon Beruniy (1974), Abu Ali ibn Sino (1994) o‘z asarlarida ishlatish uslublarini keltirib o‘tganlar .

Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» asarida 900 ga yaqin o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Asarda za’farondan 100 dan ortiq kasalliklarni davolashda foydalanilishini qayd etgan. Abu Ali ibn Sinoning ma’lumotlariga ko‘ra, za’faron burishtiruvchi va erituvchi bo‘lib, burishtirish va elimlash xususiyati bo‘lganligidan etiltiruvchi xususiyati ham bor. Issiqligi mo‘tadil bo‘lganligi uchun tomirdagi har xil tiqilmalar yoki tromblarni davolashda foydalaniladi. Ichki a’zolarni kuchaytiradi, tana terisi rangini chiroyli, ko‘zni ravshan qiladi va yurak faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, balg‘am ko‘chishini osonlashtirib, nafas a’zolarining faoliyatini maromga soladi.

Shuningdek, za’faronning o’simligi, ya’ni gulchangchilari damlab ichilganda tana terisini silliqlashtiradi, terida qizillik va jilo paydo qilish xususiyatiga ega bo‘lib, chiroyni ochadi. shish va jarohat izlarini silliqlashtiradi. Ko‘z a’zolariga ijobiy ta’sir etadi, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshiradi, ko‘zdan oqadigan har xil ajralmalarni to‘xtatadi. Yurak quvvatini oshiradi, zotiljam xastaligida bemorga hidlatilsa tinchlantiradi va uxlatadi. Ayniqsa, za’faron yog‘i nafas yo‘llarini tozalaydi, nafasni ravonlashtiradi va nafas a’zolari faoliyatini kuchaytiradi. Jigar va oshqozonning quvvatini kuchaytiradi. Jolinus (Galen)ning fikricha, za’faron o’simligining harorati uning xususiyatiga ko‘ra kuchliroq bo‘lib, yog‘i qizitish xususiyatiga ega. Za’faron organizmdagi barcha tabiiylikni saqlab qoladi va zaiflikning oldini oladi. Ichki a’zolar quvvatini oshiradi. Agar za’faron me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bosh og’rig’I paydo qiladi, uyquni keltiradi, sezishni susaytiradi yoki ko’ngilni aynitadi . Shuningdek:

– qaynatmasi qon bosimini tushiradi;

– katta dozasi bachadonni qo‘zg‘atadi yoki kichik dozasi qisqartiradi

– issiq mijozli insonlar ko‘p ishlatsa bosh og‘irlashadi.

Za’faron o’simligi tarkibida, karotinoidlar (krotsin, pikrorkrotsin), flavonoidlar, efir moylari (za’faronal), V, V2 vitaminlari, yog‘, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud. Rasmiy tibbiyotda za’faronning engil tetiklashtiruvchi, ayollar hayz jarayonlarini mo‘tadillashtiruvchi, tug‘ruqdan keyingi og‘riqni qoldiruvchi, gepatit, qonli ich ketishining oldini olishda va undan tayyorlangan surtma esa tuxumdon shamollashi, gemorroy, tomir tizimining tortishish kasalliklarida, ko‘z kasalliklarida qo‘llaniladi.

O‘simlikning suvli eritmasi tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, ich ketish, siydik haydovchi antispazmatik, antiseptik xususiyatga ega, bundan tashqari, jigar, oshqozon hamda yurak xastaliklari kasalliklarida keng qo‘llaniladi. Za’faron eritmasi stenokardiya, yurak funksional kasalliklarida, qon kasalliklarida (leykemiya), jinsiy a’zolar funksiyasini kuchaytiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Ushbu o‘simlikni kimyoviy va farmatsevtik xususiyatlari borasida keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida o‘simlikning urug‘chisi tarkibida saraton kasalliklarida qo‘llash mumkin bo‘lgan moddalar mavjudligi. Za’faron oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda qadimdan ishlatilib kelingan. O‘simlikning gul ustuncha- larida 50 foizdan ortiq bo‘yovchi modda krotsin yoki polixroit, 2,7 foiz yog‘, 0,32 foiz efir moyi, shuningdek, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjudligi sababli, u qo‘shilgan  oziq-ovqat mahsulotlari bir necha kun o‘z sifatini yo‘qotmaydi. Za’faron tarkibi jihatidan shunisi bilan xarakterliki, uning ozgina miqdori, ya’ni 6-7 tomchisi (spirtdagi eritmasi) 1 litr yoki 1 kg ozuqaga rang, ta’m berish xususiyatiga ega. O‘simlik o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega bo‘lganligi, taomga yorqin rang va ta’m berganligi sababli ularni tayyorlashda tabiiy yoki rasmiy ravishda foydalanilgan.

Qandolat mahsulotlari pechene, keks, pirog, turli bulochka, turli kremlar, muzqaymoq tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, saryog‘, pishloqlarga rang berishda, salqinlantiruvchi ichimliklarga xushbo‘ylik berishda, hatto choy hamda kofeni sifatli va xushxo‘r qilishda ham ishlatiladi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 2017 yil 21 avgustdagi 114-sonli yig‘ilish bayonining “Respublikamizda za’faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni  ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi EDO-03/1-421-son qarori
  2. Abu Ali ibn Kanon vrachebnoy nauki. Izbrannыe razdelы. V 3-ch. (sostaviteli: Karimov U. I., Xurshut E. U.)- Tashkent: MIKO. –Fan, 1994.- 1 ch. –400 s., 2 ch. –360 s., 3 ch. –232 s .
  3. Askerov Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Denizbank” hamkorligida tayyorlangan “100ta kitob”dan iborat to‘plami SHafran. – Baku : Azerneshr, 1934. – 113 s .
  4. Garagezov G., Gasыmov  K. G., Serkerov S.V.,  Novruzov E.N., Muradov P.Z., SHaxmuradov I.A. Strategiya izucheniya bio – logii Apsheronskoy populyasii shafrana (Crocus sativus L.) // AMEA-nın Xəbərləri (biologiya və tibb elmləri), 2017. – Cild 70.№2. – s.164-173.
  5. Zemlinskiy E. Lekarstvennыe rasteniya SSSR. – M.: Medgiz, 1958. – 608 s .
  6. Mahmudov V. Crocus turkumi turlarining O‘zbekiston sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari: Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2017. – 44b

Ulashish:
1 933
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.