Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2023
Chop etish
«Yurtiga sadoqat bilan xizmat qilgan inson xalq qalbida mangu yashaydi!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

3 noyabr kuni axborot-resurs markazida o‘zbek elining suyukli farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi hamda ARMning “Qodiriy vorislari” to‘garagi hamkorligida tashkil etildi.         

Tadbirda universitet tasarrufidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori B.Ergasheva ishtirok etib, Sharof Rashidovning hayot yo‘li va ijodi to‘g‘risida  to‘xtaldi. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari G.Kuttibekova, X.Shukurova hamda ARM bo‘lim boshlig‘i S.Darvishevalar so‘zga chiqib, yozuvchining asarlari, she’rlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir so‘nggida ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova mavzuga doir adabiyotlar ko‘rgazmasini ishtirokchilarga sharhlab berdi.

Shu bilan birga mazkur sanaga bag‘ishlangan “Elning fidoiy farzandi” nomli tadbir Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar yo‘nalishi bilan hamkorlikda o‘tkazildi


Ulashish:
828
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.