Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2024
Chop etish
Yoshlar shaharchasi ekologik istirohat bog‘ida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

joriy yil 27 may kuni viloyat yoshlar shaharchasi ekologik istirohat bog‘ida professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.I.Nazarqosimov ochib berdi. Tashkil etilgan intellektual o‘yinda universitetning barcha fakultetlarida 6 ishtirokchidan iborat jamoalar o‘zaro Kuch sinashdilar.

 

 

“Zakovat” intellektual o‘yini 2 turda bo‘lib o‘tdi. Har 2 turda jamoalarga 10 tadan jami 20 ta savol berildi. 1-turda yetarli ballarni qo‘lga kiritolmagan jamoalar o‘yinni tark etishdi. 2-tur qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda davom etdi.

Professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘yin natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rin Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasiga, 2-o‘rin Maktabgacha ta’lim fakulteti; fakulteti jamoasiga , 3-o‘rin esa Fizika va texnologik ta’lim fakulteti jamoalariga nasib etdi. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Maktabgacha ta’lim fakulteti, 2-o‘rinni Matematika va informatika fakulteti, 3-o‘rinni Tibbiyot fakulteti talabalari qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga universitet rektori nomidan diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.     


Ulashish:
1 305
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.