Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2024
Chop etish
“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
JDPU talabalari orasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovga qatnashish maqsadida 160 dan oshiq talabnomalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 95 nafar talaba tanlovda ishtirok etdi. Tanlov bo‘yicha yozilgan insholar 9 nafar mutaxassis-ekspertlar tomonidan tekshirildi.

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovining universitet bosqichida quyidagi talabalar g‘olib deb topildi.1-o‘rin Tarix fakulteti talabasi Xoldorova Zuhraga nasi etdi.2-o‘ringa Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi To‘raqulova Umida sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 3-o‘ringa birvarakay ikki nafar talaba Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi Xudoyqulova Zuhra hamda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Haydarova Marjonalar loyiq deb topildi.

Tanlovning g‘oliblari diplomlar va 1-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari, 2- o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari, 3-o‘rin uchun bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Tanlovda 1-o‘rinni olgan talabaning ijodiy ishi respublika bosqichiga yuboriladi.


Ulashish:
898
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.