Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2023
Chop etish
Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar, muammolarning yechim topishiga xizmat qiladi.

Bugun har bir mas’ul idora rahbari o‘z vazifalarining eng avvaliga yoshlar bilan ish olib borishni qayd etib qo‘ygani aniq. Chunki zamon, davlatimiz rahbarining talabi shu.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishida – Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, – dedi davlatimiz rahbari.  Yig‘ilishda berilgan topshiriqqa asosan  JDPU rektori professor Sh.Sharipovga 44 nafar talaba-yoshlar biriktirildi.

Biriktirilgan talaba yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilib ularni qiynab kelayotgan muommolar o’rganilib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko’rilmoqda. Uchrashuvlar va o’rganish ishlari davom etmoqda. Bugun bir nafar talabaning hayotiga oid muammoning ijobiy yechimini topishi – bu kelajakda bir oilaning farovonligi va mustahkamligiga qo‘yilgan poydevordir.


Ulashish:
1 181
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.