Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2022
Chop etish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi endi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasida ham tashabbus sifatida olib chiqilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi endi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasida ham tashabbus sifatida olib chiqilmoqda.

Bugun 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar davlat rahbarlari ishtirokida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

 

 

Bir vaqtning o‘zida respublikamizning barcha viloyat va shaxarlarida ko‘chat ekish tadbiri ham uyushtirildi. Ushbu xayrli loyihada Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari ham faol ishtirok etdi. Jizzax shaxridagi “Sug‘diyona” sport majmuasi atrofiga ekilgan har bir ko‘chat tabiat musaffoligini asrash uchun  qo‘yilgan qadamdir. Ta’kidlash joiz, davlat rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan ezgu loyiha bir vaqtning o‘zida Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bo‘lib o‘tdi.

 


Ulashish:
1 065
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.