Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/04/2023
Chop etish
Yangilanayotgan Konstitutsiyaning har bir moddasi inson qadri uchun xizmat qiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xalqaro press-klub NNT axborot hamkorligida Jizzax davlat pedagogika universitetida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Tantanali tadbir  “Siz referendumga tayyormisiz?»  ko`rik tanlovi hamda “Konstitutsiya-mening kelajagimda” mavsudidagi insholar tanlovi  g‘oliblarini taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Universitet talabalari o`rtasida o‘tkazilgan  «Siz referendumga tayyormisiz?» ko‘rik tanlovi  3 bosqichda o‘tkazildi.  Ta’kidlash joiz, ushbu tanlovda 7 mingdan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek Konstitutsiyaviy islohotlar to’g’risida bilimlarini oshirish maqsadida universitet professor-o’qituvchilar, doktarantlar, magstrlar hamda xodimlar o’rtasida “Konstitutsiya-mening kelajagimda” mavzusidagi insholar tanlovi ham o‘tkazildi. Har ikkala tanlov g‘oliblari bugungi tantanali tadbirda taqdirlandi. Tanlov shartlariga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan talaba yoshlarga Noutbuk, smartfon hamda planshet topshirildi. Insholar tanlovida g‘oliblikni kirtigan o‘qituvchilar esa diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Bugungi kunda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ular tomonidan erishilayotgan yutuqlar salmog‘i ham kundan-kunga oshib bormoqda. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklar hamda imkoniyatlardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham foydalanishi uchun ular yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilayapti.

Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari,  jamoatchilik faollari, faxry ustozlar hamda talabalar   yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini, yangilanayotgan Konstitutsiyada ham ko‘plab soha va yo‘nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilganlagini ta’kidlashdi.

Tadbirga  universitetning iqtidorli talabalari ishtirokidagi badiiy chiqishlar va gala-konsert  yakun yasadi.


Ulashish:
1 783
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.