Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2023
Chop etish
Yangilanayotgan Konstitutsiya – o‘zimizniki

Jizzax davlat pedagogika universiteti Bo‘ston shaharchasidagi Sirtqi bo‘limda umumxalq referendumi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

«Referendumda faol ishtirok etaman», shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri Bo‘ston shaharchasidagi umumta’lim maktab o‘quvchilari, mahallalardagi yoshlarning faol ishtirokida  tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi O‘zbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishini o‘z faoliyatlari misolida ta’kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

 

Tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Buni Universitet faol yoshlari ishtirokidagi chiqishlar, yurtimiz tinchligi va farovonligini madh etuvchi qo‘shiqlarga barcha birdek jo‘r bo‘lib kuylaganidan ham bilish mumkin edi.


Ulashish:
1 296
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.