Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2023
Chop etish
YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KONSTITUTSIYASI YORDAMIDA BUYUK KELAJAKNI BIRGALIKDA QURAYLIK!

Yurtimizda yoshlar siyosatining ustuvor ekanligi yangi tahrirdagi konstitutsiyada ham o‘z isbotini topmoqda. Jumladan, amaldagi konstitutsiyaning “Oila” bobiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, “Oila, bolalar va yoshlar” bobi-deb, ataladigan bo‘ldi. Ushbu bobning 79-moddasida:

“Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, – deb belgilangan.

Endilikda yoshlar huquqlarining himoya qilinishi hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirish qonun bilan mustahkamlanmoqda. Chunki aholimizning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish jamiyat rivojining muhim kafolatidir. Bundan tashqari 51-moddada yoshlarning davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olish huquqi hamda oliy ta’lim tashkilotlarining qonunga muvofiq akademik erkinligi, o‘zini-o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqlari ham qonunan belgilab qo‘yilmoqda. Bu orqali iqtidorli yoshlarning munosib ta’lim olib, yuqori marralarni zabt etishiga imkoniyat yaratiladi.

Amalga oshirilayotgan bu islohotlardan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni yuqori malakali va raqobatbardosh kadr etib tarbiyalashdan iborat. Sababi mamlakatimiz ravnaqi biz – yoshlarning qo‘lida. Shunday ekan, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangi O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasi yordamida buyuk kelajakni birgalikda quraylik!

 


Ulashish:
628
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.