Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2022
Chop etish
“Yangi O‘zbekistonda-yangi maqsadlar sari!” mavzusidagi  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 yanvardagi qarori hamda universitet rektorining 2022yil 17-oktabr sanasida tasdiqlagan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha Jizzax davlat pedagogika universitetiga biriktirilgan mahallalardagi yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan” manzilli reja jadvalida belgilangan vazifalar  ijrosini ta’minlash maqsadida  Zomin tuman “Chamanzor” mahallasida mahalla yoshlarini ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda-yangi maqsadlar sari!” mavzusidagi  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazishdi.

Tadbirda fakultet professor-o’qituvchilari  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida  so‘z yuritishdi. Tadbirda shuningdek   talabalar ijrosida bugungi muammolar va og‘riqli vaziyatlarni o‘zida aks ettiruvchi  saxna ko’rinishlari ham namoyish etishdi.


Ulashish:
1 376
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...