Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2026
Chop etish
«Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»: Futbol va stol tennisi bellashuvlari boshlandi.

Musobaqalarning ochilish marosimida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda sport ishqibozlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aprel oyi mobaynida universitet hududida har kuni sport bayramlari o‘tkazilayotgani ta’kidlanib, jamoalarga omad tilandi. Shundan so‘ng fakultetlar o‘rtasidagi bellashuvlarga start berildi.

Futbol musobaqalarida 9 ta fakultet jamoasi ishtirok etib, uchrashuvlar yuqori sur’at va keskin kurashlar ruhida o‘tmoqda. Tezkor hujumlar, aniq uzatmalar va chiroyli gollar bahslarga yanada shiddat bag‘ishlamoqda.

Stol tennisi bahslarida esa ishtirokchilar tezkorlik, aniqlik va mahorat namoyish etmoqda. Qisqa va keskin setlar, kuchli zarbalar hamda puxta taktika asosidagi o‘yinlar musobaqalarning qiziqarli o‘tishini ta’minlamoqda.


Ulashish:
614
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...