Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
02/02/2017
Chop etish
“Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi va “Ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 31 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning buyuk siymosini xotirlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi F-4789 –sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi va “Ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar institut axborot- resurs markazi va Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi  hamkorligida tashkil etildi.   Tadbirda axborot- resurs markazi xodimlari,  Jizzax viloyat televideniyasi, Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi xodimlari hamda AL va KHK axborot-resurs markazi rahbarlari qatnashdilar.

1

            Tadbirni institut ARM direktori R. Ishnazarova  kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning buyuk siymosini xotirlash maqsadida u kishining mustaqil O‘zbekiston hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi videolavha namoyish etildi.

2

            Shundan so‘ng, Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Rahmatullaev viloyatdagi ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining institut axborot- resurs markazlari bilan hamkorlik munosabatlari to‘g‘risida to‘xtalib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi F-4789 –sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 yanvardagi 19-sonli buyrug‘ining ijrosini  ta’minlash borasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bugungi kundagi asosiy vazifamiz ekanligini ta’kidladi.

3

            Tadbirda ARM xodimasi S.Isroilova “ARMlarning bibliografiya ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilish” to‘g‘risida,  ARM muhandis -dasturchisi A. Karomatov “ARMda zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlarini joriy etish masalalari” to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ARMda ARMAT, NVDA va  KVANT dasturlarining ish faoliyati bilan  yaqindan tanishdilar.

4

             “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” adabiyotlar ko‘rgazmasida viloyatdagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi-o‘quvchilari, institut professor- o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok  etishdi.


Ulashish:
1 548
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...