Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2022
Chop etish
«XXI asr ko‘nikmalarini ommalashtirishda talabalarning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–289-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” 18.1-bandida xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini taʼminlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifani bajarish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida  2022-yil 18-noyabr kuni “XXI asr ko‘nikmalarini ommalashtirishda talabalarning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani JDPU rektori prof. SH.S.Sharipov o’z nutqi bilan ochib berdi.

Konferensiyaning maqsadi:

-iqtidorli talabalarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish;

– innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va takomillashtirish;

-ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish va rag‘batlantirish;

-iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilish;

«XXI asr ko‘nikmalarini ommalashtirishda talabalarning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, madaniyat, tibbiyot, texnika va ishlab chiqarish sohalarini qamrab oldi.

 

 

 


Ulashish:
2 023
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.