Gender tengligi
Gender tengligi
|
29/11/2025
Chop etish
“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Tarix fakultetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning psixologik mexanizmlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, ayniqsa raqamli makonda uchraydigan kiberbosim, feyk akkauntlar orqali tahdid va shantaj, shaxsga doir ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish kabi holatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, bunday xatti-harakatlarning psixologik, axloqiy va ijtimoiy oqibatlari misollar asosida tushuntirildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga onlayn makonda o‘zini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, xavfsiz xulq-atvor bo‘yicha qoida va yo‘riqnomalar, ishonchli manzillar va yordam kanallari haqida ma’lumotlar yetkazildi. Yakunda videorolik namoyish etilib, savol-javob va ochiq muloqot tashkil qilindi.

 


Ulashish:
1 260
Boshqa rubrikalarda mashhur

“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...