Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/01/2025
Chop etish
Xotin-qizlar orasida psixologik  muhitni barqarorlashtirish maqsadida seminar- trening o‘tkazildi.
«Psixologik, ijtimoiy va biologik rivojlanish» mavzusida bo‘lib o‘tgan trening talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shish, ularni o‘z salohiyatini anglashga undash va ijtimoiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.

Dastlab ishtirokchilar Innovatsion axborot xizmatlari o‘quv zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng seminar o‘z ishini boshladi. Unda ishtirokchilar turli xil psixologik o‘yinlar orqali o‘z-o‘zini anglash, emotsional intellektni anglash va rivojlantirish, stressni boshqarishu usullari kabi qiziqarli savol javob topishga harakat qilishdi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar amaliy mashqlar orqali muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, konfliktlarni boshqarish va hal qilish usullari, Shaxsiy maqsadlar qo‘yish va ularga erishish strategiyalari, vaqtni boshqarishning samarali usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Seminar so‘ngida qatnashchilarga faol ishtirok uchun kichik rag‘batlantiruvchi sovg‘alar berildi.


Ulashish:
720
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.