Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI G.Z.Ganiyeva  JDPU Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi v/b. dotsenti, PhD  Hozirgi kunda sifatli ta’lim berishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim texnologiyar haqida gapirishdan oldin “texnologiya” atmasiga to’xtalmoqchimiz. “Texnologiya” – yunoncha “techne” so’zidan olingan bo’lib, “mahorat, san’at” va “logos” – “so’z, ta’limot” ma’nosini anglatadi. Shu o’rinda pedagogik texnologiyalar haqida ham so’z ochar ekanmiz, pedagogik texnologiyalar ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yaratish, qo’llash va aniqlash tizimi ekanligi barchaga ma’lum. Pedagogik texnologiya mazmunining o’zgarishini shartli ravishda uning rivojlanish tarixining ma’lum bosqichlari bilan uzviy bog’liqligini e’tiborga olib quyidagi davrlarga bo’lish mumkin:
  • 1946 yil – AQSH ning Indiana shtatidagi universitetda audiovizual ta’lim kiritilgan (muallif — L. K. Larson).
  • 1954 yil. Dasturli ukitish rejasi asoslab be-rilgan (muallif — professor B.F. Skinner).
  • yil Janubiy Kaliforniya universitetida ukitish texnologiyasi bulimi ochilgan (bulim rahbari — D. D. Finn).
  • 1968-yil. LOGO dasturlashtirish tili ishlab chikilgan va ta’lim muassasasida tadbik. etilgan (AK.SH dagi Messachuset texnologik instituti, rahbari — S. Peypert)
  • 1976 yil. Birinchi shaxsiy komp’yuter “Eppl” yaratildi (mualliflar — S. Jobs, S. Uoznik).
  • 1981 yil. Displeyli sinflarda o’quv maqsadlari uchun maxsus dasturiy vositalardan foydalanilgan.
  • 1990 yil. Ta’limda interfaol texnologiyalar qo’
Hozirgi innovatsion texnologiyalar davrida esa pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda ta’lim texnologiyalari ham jadal rivojlanib bormoqda Kompyuterlar, planshetlar va elektron kitoblar barcha yoshdagi o’quvchilar uchun interaktiv va rag’batlantiruvchi mashg’ulotlarni taklif qilish orqali xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o’rganishzga yordam beradi. Quyida Ingliz tili fani oʻqituvchilari darslarini qiziqarli va motivatsion ruhda olib borishlari uchun ko’rsatib o’tilgan ta’lim texnologiyarning ba’zi usullarini ko’rib chiqamiz:
  1. Film va video.
Qisqa va to’liq metrajli videolar lug’at boyligi va tushunish kabi ko’nikmalar ustida ishlash uchun jalb qila oladigan usullardan biridir. Videolar o’rganuvchilarga asl ingliz tilini ishlatishga yordam beradi. Yosh o’rganuvchilar uchun esa multfilmlar yoki animatsion filmlar yaxshiroq natija beradi. Chunki bolalar bunday turdagi videolardan zavqlanadilar va bu ularga o’rganish uchun ko’proq motivatsiya beradi. Yoshi kattaroq o’rganuvchilar esa ayni damda sodir bo’layotgan voqe-hodisalar haqidagi yangiliklardan ham o’rganishlari mumkin.
  1. Elektron dasturlar.
Ba’zida ingliz tilini o’rganish davrida o’quvchilarda zerikish paydo bo’lishi mumkin. Bunday hollarda elektron dasturlardan unumli foydalanish va ular orqali tilni o’rganish yanada qiziqarli va foydali bo’ladi. Masalan, talabalar grammatika qoidalarini “Grammar Up” dasturi orqali oson va qiziqarli tarzda mashq qilishlari mumkin. Bu dastur yordamida grammtikaga oid mavzular bo’yicha bilimlarni tekshirish. “Best Collegues Online” dasturi orqali ingliz tilini xorijiy til sifatida o’rganish, asosan xat yozish bo’yicha yo’riqnomalardan to to’g’ri talaffuz qilishgacha bo’lgan asosiy ko’nikmalarni shakllantirish mumkin.
  1. Podkastlar
Podkastlar orqali talabalar tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. Bundan tashqari, ular gapirish ko’nikmalarini oshirish uchun o’zlarinig podkastlarini yaratishlari mumkin. Bunda o’qituvchi yordamida mikrofon va kompyuterlarni qo’llagan holda o’z hisobot va taqdimotlarini yaratishlari va dars davomida ularni auditoriyaga taqdim etishlari mumkin. Tayyor podkastlarni esa iTunes ni yuklab olib ularga taqlid qilgan holda gapirib berishlari mumkin. Ushbu dastur nafaqat talabalar, balki o’qituvchilarga ham turli xil mavzulardagi yuzlab podkastlarni yuklab olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, talabalar videopodkastlar tayyorlab ularni YouTube platformasiga ham joylashlari mumkin. Bu o’z o’rnida boshqa foydalanuvchilarda til o’rganishga bo’lgan qiziqish va motivatsiyani kuchaytiradi.
  1. Pen Pallar (xat yozishadigan do’stlar).
Pochta orqali xat yozish va pochtachilar orqali yuborish hozirgi kunda tarixga aylanib borayotgan bir paytda talabalar elektron pochta yoki muhokama doskasida do’stlariga xat yozishlari mumkin. Bu o’z o’rnida bir joydan turib boshqa hududdagi, xususan dunyoning boshqa mamlakatidagi do’stlari bilan muloqot qilishga yordam beradi. Hatto o’qituvchilar ham boshqa mamlakatdagi talabalarga onlayn darslar o’tishi, ular bilan ingliz tilida muloqot qilishi mumkin. Bu esa talabalarning o’qish va yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda ePals platformasidan foydalanish mumkin.
  1. Onlayn o’yinlar
Talabalar o’yinlar o’ynash orqali ingliz tili so’zlari imlosini, grammatika yoki boshqa ko’nikmalarni egallashlari mumkin. Masalan, Funbrain dasturoida ta’limga oid o’yinlar va kitoblar mavjud bo’lib, bu dasturni bog’cha tarbiyalanuvchilaridan tortib talabalargacha qo’llash mumkin. StarFall  dasturida esa ko’plab onlayn o’yinlar mavjud bo’lib, yosh talabalar uchun ingliz tili savodxonlik ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Hangman, Scrable va Boggle dasturlarining raqamli ko’rinishlari barcha turdagi o’rganuvchilar uchun mos tushadi. Bu o’yinlarning ko’pini sinfxonada ekrandan foydalangan holda butun sinf bilan o’ynash mumkin. Ko’rinadiki, ta’lim texnologiyalari xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o’rganishda muhim omillardan biri sanaladi. Ta’lim texnologiyalari, agar ulardan to’g’ri va o’rinli foydalanilsa, til o’rganuvchilar uchun qimmatbaho manba, hattoki xazina deyish mumkin. Ulardan unumli va samarali foydalanish har bir o’qituvchining pedagogik mahoratiga ham bog’liq hisoblanadi.