Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2023
Chop etish
 “Volontyorlar klubi” jamoasi Zomin tumanida bo‘lib qaytishdi.

“Biz birmiz va birgalikda kuchmiz” shoiri ostida o‘tkazilgan xayriya tadbirlarining navbatdagisi Zomin tumani “Achchi” MFY xududida olib borildi.

Universitetning Pedagogika va psixologiya fakulteti 4-kurs talabalaridan iborat 15 nafar ko‘ngillilardan iborat guruh tashrifni “Achchi” MFY maxalla fuqarolariga “Oila farovonligi – yurt farovonligi” mavzusida psixologik trening bilan boshladi. Savol-javob, debat va bahs-munozara asosida o‘tkazilgan psixolgik trening aholiga ruhiy tetiklik, hayotga ijobiy munosabat, oilada o‘zaro tushunishni mustahkamlash, farzand tarbiyasidagi xatoliklarni to‘g‘rilash kabi qator masalalarni o‘z ichiga qamrab oldi. Shundan so‘ng volontyor talabalar rahbarlari A.Qayumov hamkorligida  mazkur hududda joylashgan 4- hamda 46-umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilariga ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi tarbiyaviy tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlari olib borishdi.


Ulashish:
1 171
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.