Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2023
Chop etish
“Volontyorlar klubi” jamoasi Baxmal tumanida bo‘lib qaytishdi.

Ko‘ngillilar qilgan yaxshiliklari uchun ish haqi yoki moddiy zaruriyat talab qilmaydigan, yordamlashishni farz deb sanaydigan insonlar.

Ular el olqishini orqalab,  ezgulik yo‘lida muhim ishlar bajarishadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlaridan iborat “Volontyorlar klubi” a’zolarini ham ana shu insonlar safiga qo‘shish mumkin. Xabaringiz bor talaba yoshlardan iborat guruh a’zolari har hafta viloyatimizning turli tumanlariga tashrif buyurishmoqda.

Bu galgi tashrif Baxmal tumani “Nurafshon”  MFY ga bo‘ldi.  Dastlab ko‘ngillilar mahalladagi 36 -umumta’lim maktabida bo‘lishdi. Klub a’zolari maktabning 5-11 sinf o‘quvchilari uchun A. Qayumov boshchiligida mahorаt darslarini o‘tib berishdi. Suhbat va savol javob asosida bo‘lib o‘tgan mahorаt darslarida  maktab o‘vquvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Tashrif so‘ngida «Volontyorlar klubi” a’zolari tomonidan mahalladagi uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar  uchun psixologik treninglar tashkil etildi.


Ulashish:
1 437
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...