Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/01/2025
Chop etish
«Vatanparvarlik, burch va kelajak avlodni tarbiyalash.»
Jizzax davlat pedagogika universitetida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ana shu shior ostida tashkil etildi.

JDPU O’zbek tili va adabiyoti hamda Rus tili va adabiyoti fakultetlari hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati mudofaa boshqarmasi faxriylar kengashi raisi va uning a’zolari, Yoshlar ittifoqi harbiy bo‘limi rahbari, Markaziy harbiy okrug harbiylari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sharafini himoya qilayotgan mashhur sportchi-chempionlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida vatanparvarlik, har bir fuqaroning o‘z mamlakati oldidagi burchi va bu xislatlarni shakllantirishda ta’limning o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda harbiy sportchi-chempionlar intizom va sabr-toqat yordamida qanday yuksak natijalarga erishganliklarini so‘zlab berishdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish bilan bir qatorda, harbiy xizmatning ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.


Ulashish:
680
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.