Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2022
Chop etish
 “Uyat-madaniy kodeks” mavzusidagi adabiy-falsafiy tadbir o’tkazildi.

Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori B.Ochilova rahbarligida Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1- kurs talabalari bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor asarlarining 5-jildi – “Maqolalar va suhbatlar”  asosida “Uyat-madaniy kodeks” mavzusidagi adabiy-falsafiy tadbir o’tkazildi.

Adabiy-falsafiy tadbirda uyat, uyatchanlik insonning insoniyligini belgilovchi axloqiy fazilatlardan biri ekanligi, uyat insonning xatti-harakatini boshqarib turuvchi axloqiy hodisa sifatidagi mazmunini ochib berish uchun edvayzer ( mavzu bo‘yicha maslahatchi) lar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yu.Karimova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.Siddiqova, fasilitator (guruhlardagi faoliyat natijasini samarali bo‘lishini, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltiradi, guruhdagi muloqatni jonlantiruvchi) siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.To‘raev, mavzu mazmuni bo‘yicha bildiriladigan fikrlarning ilmiyligi,  talabalarning tadbir davomida  bergan savol-javoblarini mavzuga mosligi va mantiqiyligi asosli ekanligiga munosabat bildirib boruvchi (opponent) katta o‘qituvchi Yo.Turopovlar ishtirok etishdi.

Tadbir Falsafa fani (Etika) mavzusi doirasida yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etildi. Tadbirda talabalar va tadbirga taklif etilgan professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha interfaollik asosida fikr almashdilar. Tadbir yakunida faollik ko‘rsatgan va eng yaxshi savol bergan talabalar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag‘batlantirildi.


Ulashish:
1 142
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.