Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2024
Chop etish
Ustozni yod etib…

JDPUda o‘tkazilgan konferensiya ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti , Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tli o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan «Raqamlashtirilgan ta’lim muhitida tillar o‘qitish hamda lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari: Muammo va kamchiliklar»  mavzusida xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyani universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Konferensiyada dunyoning bir qator mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Turkiya, Ozarbayjon hamda Qozog‘iston respublikasi OTMlari olimlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Mazkur xalqaro konferensiya Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishini tashkil qilishda o‘z hissasini qo‘shgan ustoz Bagishov Dadash Gasan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlandi. Konferensiyada shuningdek ustoz Bagishov Dadash Gasan o‘g‘lning turmush o‘rtog‘i professor Faniya Axmedshina hamda oila a’zolari ham qatnashib ustozni yod etdilar.


Ulashish:
1 090
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.