Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2026
Chop etish
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…

Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yosh avlodga yetkazish, yuksak davlat mukofotlari sohiblarining ibratli hayot va mehnat yo‘lini keng targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuvning mehmoni «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, tarix fanlari doktori, professor Faniya Axmedshina bo‘ldi.

1 kurs magistrantlar ishtirok etgan ochiq muloqotda mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarning hayot va mehnat yo‘li haqida fikr almashildi.

Ayni paytda universitetning magistratura bo‘limining 1 kursiga 265 nafar magistrant qabul qilingan. 21 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun bunday uchrashuvlar ustozlar tajribasini o‘rganish, hayotiy saboqlar olish va kasbiy maqsadlarini yanada aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
806
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.