Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2022
Chop etish
«Universitetimizga yoshlar havas bilan intiladi» deydi JDPU rektori Sh.Sharipov

JDPU da talabalar kuni munosabati bilan “Talabalikka qaytish” loyihasi o‘tkazildi.

Talabalik davri eng go’zal, qiziqarli va unutilmas yillardir. U yoshlarga behisob quvonch keltiradi.Butun dunyo bo‘ylab 17 noyabr kuni «Xalqaro talabalar kuni»  sifatida nishonlanadi.  Kuni kecha ana shu sana munosabati bilan JDPUda viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida «Talabalikka qaytish» loyihasi o‘tkazildi.

 

Loyihaning asosiy  maqsadi ilk navbatda talaba yoshlarga motivatsiya berish. Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Sh.S.Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida, hozirgi talabalar man’an rivojlangan, chet tillaridan birini mukammal egallagan bo‘lishi zamon talabi ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida loyiha mehmonlari o‘zlarining talabalik yillari, unda kechgan qiziqarli voqealarni eslashib, talabalarga ulashishdi. Loyihada Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari A.Savurbayev, Jizzax shahri hokimi K.Xolmurodov, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Musurmonov, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Sh. Damanova, 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori S. Suyarovalar mehmon bo‘lishdi.

Qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqqan savollariga javob olishdi. Loyiha ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.


Ulashish:
1 764
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.