Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/10/2022
Chop etish
Universitetga quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

Xabaringiz bor bugun yurtimizda  quyosh batareyalari va suv isitgichlariga talab ortib bormoqda. Keyingi paytlarda chiroqlar tez-tez o‘chayotgan bir sharoitda ular odatdagidek hayot kechirish imkonini beradi. Xo‘sh quyosh batareyalari nima? Uning qanday afzalliklari bor?

QUYoSh BATAREYaSI — yarimo‘tkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai bo‘lib, u  quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi Elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953—54 y. larda AQSh olimlari G. Pirson, K. Fuller va D. Chapinlar tomonidan ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, eng arzon quyosh panellari 150 Vt quvvatga ega bo‘lib, ulardan 5-6 xonani yoritish va bitta televizor ishlashi uchun foydalanish mumkin. Agar ikkita televizor, bitta muzlatgich va ko‘proq xonalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash zarur bo‘lsa, kamida 2 kVt quvvatga ega quyosh panellari kerak bo‘ladi. Quyosh panellaridan foydalanib, nafaqat barqaror, balkim tekin elektr energiyasiga ega bo‘lasiz, chunki uni o‘zingiz ishlab chiqarasiz.

 

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga rahbariyat tashabbusi bilan quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda. Ayni paytda bosh binoga 100 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilayotgan bo‘lsa, Kuyovboshi MFY da  joylashgan Matematika va informatika fakulteti binolariga 20 kVt quvvatga ega panellar o‘rnatilmoqda.


Ulashish:
1 746
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.