Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/12/2022
Chop etish
Universitetda  Ulashishga arzigulik go’yalar shiori ostida  «Let’s Talk» shou tadbiri o‘tkazildi.

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirishga bag’ishlangan tadbirda Xorijiy tillar fakultetining pedagoglari va iqtidorli talabalari, xamda tajribali mehmon so’zlovchilar ishtirok etish bilan bir qatorda o’zlarining qiziqarli mavzularini Ingliz tilida “TedTalk” uslubida taqdim etdilar.

Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xorjiy tillar fakulteti talabalari  va ishtirokchilar “Shaxsiy rivojlanish”,“Ta’limda texnologiya”, “Meni o’zgartirgan kitob”, “Motivatsiya vakeyinga qoldirish”, “Ta’lim va biznes” mavzusida, “Liderlik va ta’sir etish texnikalari” mavzularida o’zlarining ulashishga arzigulik g’oyalarini taqdim etdilar.

Ta’kidlash joiz ushbu tadbir Xorijiy tillar fakulteti talabalari va yoshlar o’rtasida xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish asosida ularning omma oldida mustaqil fikrini Ingliz tilida ifoda etish, ko’nikmalarini rivojlantirish, spkirelar nutqini tinglaganlarga motivatsiya ulashish, shuningdek, «Let’s Talk» doirasida o’tkaziladigan keying tadbirlarga Ingliz tilida so’zlovchilarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan edi.

 


Ulashish:
1 316
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.