Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2023
Chop etish
Universitetda  o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

4-7 yanvar kunlari universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  malaka oshirish kurslarida 600 ga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Oliygoh o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun tuzilgan dastur doirasida attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik holati, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini 110 ballik baholash tizimi, Kredit-modul tizimi asosida  o‘quv jarayonining tashkil etish, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, HEMIS tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va talabalarni baholash, yangi ochilgan  Registrator ofisi faoliyati va ta’lim xizmatlarining yo‘lga qo‘yilishi mavzusida ma’ruzalar  qilindi. Har bir bo‘lim o‘ziga tegishli mavzularda taqdimotlar qilib yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berishdi.

 

Uch kun davom etgan malaka oshirish kurslarida mutaxasisilar “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyati haqida ham tushunchalar berishdi. Tadbir so‘ngida berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi. Ishtirokchilar ushbu kurslarda  faollik bilan qatnashdilar.

 


Ulashish:
1 436
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Dr. Jean Paul van Marissing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim pedagogika oliy maktabi hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv va amaliy seminar...
Bolalar oromgohga kuzatildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyati kengashida yozgi mavsumda bolalarning dam olishini samarali tashkil etish maqsadida ularni “Energy” bolalar oromgohiga kuzatish marosimi o‘tkazildi.