Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/01/2023
Chop etish
Universitetda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot seminarda  Jizzax  viloyatidagi barcha oliy taʼlim muassasalarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari ishtirok etishdi.

 

Ta’kidlash joiz  “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. Seminarda Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi vakili  Javlon Ergashev ishtirok etdi.


Ulashish:
1 313
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.