Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/06/2023
Chop etish
Universitetda “Kitobxon talaba” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Kitobga ixlos qo‘ygan yoshlarning Vatanga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan muqaddas zaminga muhabbati yuksak bo‘ladi. Oliy taʼlim tizimida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovi orqali talaba yoshlarni mutolaaga jalb etilayotganidan ko‘zlangan maqsad ham ularning aqliy salohiyatini, maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish hamda yurtga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tgan  “Kitobxon talaba” tanlovida barcha fakultetlardan yuzlab kitobga oshno talaba yigit-qiz orasidan tanlab olingan 57 nafar ishtirokchi o‘zaro bahs olib bordi.

Tanlov, 2 shart asosida bo‘lib o‘tdi. Dastlab ishtirokchilar test sinovlarida ishtirok etib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishgan bo‘lsa undan saralangan va eng to‘g‘ri javob belgilagan kitobxon talabalar tanlovning ikkinchi  bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Tanlov natijaлаriga ko‘ra, 1 -o‘rin O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi- Mushtariy Muhammadiyevaga, 2o‘rin Tarix fakulteti talabasi Qudratov O‘rоzboyga, 3o‘rin esa Xorijiy tillar fakulteti talabasi O‘ralova Gulmiraga nasib etd

— Mutolaa jonu dilim, — deydi tanlov g‘olibasi  Mushtariy Muhammadieva. — Bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha qo‘limga kitob olaman va uning sehrli olamiga oshno bo‘laman. Mutolaa aqlni charxlaydi, pokiza tuyg‘ularni uyg‘otadi. Eng muhimi, kitob orqali inson ruhiy-maʼnaviy yuksaladi. Bunday tanlovlarning deyarli barchasida imkon darajasida ishtirok etishga harakat qilaman. Bu mening ko‘proq bilim olishimga, o‘z ustimda yanada ko‘proq izlanishimga motivatsiya beradi.


Ulashish:
1 184
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.