Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2025
Chop etish
Universitetda “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda jami 18 nafar iqtidorli talabalar o‘z innovatsion g‘oyalari va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan berilgan baholarga ko‘ra, quyidagi talabalar tanlov g‘olibi deb topildi:

1-o‘rin — Mamanova Farangiz

Aniq fanlar fakulteti talabasi

Loyiha:“Avtodavomat”

 2-o‘rin — Xo‘jamqulova Dilso‘z

Aniq fanlar fakulteti talabasi.

Loyiha: “Smart Navigator”

 3-o‘rin — Asadova Iroda

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi

Loyiha: “CleanAirMoss”

Ushbu tanlov yoshlarning innovatsion fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ularni startap ekotizimiga jalb qilish va O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan taraqqiyot maqsadlariga hissa qo‘shishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.


Ulashish:
2 180
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...