Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2026
Chop etish
Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Amir Temurning hayoti va hukmronlik davri, Temur va temuriylar zamonida xotin-qizlar faoliyati hamda buyuk sarkardaning ilm-fan va madaniyat sohasiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot oldilar.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida Amir Temur siymosi mavzusidagi ma’ruzalar ishtirokchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.

Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim pedagogika oliy maktabi hamda shahrimizdagi 6-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga nafosat va fayz bag‘ishlab, quvonch ulashdi, mehmonlar va ishtirokchilar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.


Ulashish:
635
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...