Talabalar radiosi
Jizzax davlat pedagogika universitetning barcha fakultetlarida talabalar-teatr studiyalari mavjud bo‘lib, xususan, Boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Yangi nafas”, Matematika va informatika fakultetining “Ilhom”, Fizika va texnologik ta’lim fakultetining “Kelajak yulduzlari”, Maktabgacha ta’lim fakultetining “Ilhom”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Chempion”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Parvoz”, Pedagogika va psixologiya fakultetining “Diydor”, Rus tili va adabiyoti fakultetining “Maska”, Tarix fakultetining “Qadriyat”, Tabiiy fanlar fakultetining “Ibrat”, Xorijiy tillar fakultetining “Iqtidor”, Tibbiyot fakultetining “Tibbiyot teatri” talabalar teatr jamoalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Universitetimizning turli fakultetlarida faoliyat yuritayotgan talabalar teatr-studiyalari jamoalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ular nafaqat dolzarb mavzulardagi spektakllardan parchalar namoyish etishmoqda, balki jadidlar hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari, mashhur adib va yozuvchilarning asarlaridan teatr tomoshalarini ham sahnalashtirib, barchaga ma’naviy ozuqa berishmoqda. Ushbu namoyishlar yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirish, adabiy merosni keng targ‘ib qilish hamda teatr san’ati orqali muhim g‘oyalarni yetkazishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, teatr-studiyalar jamiyatdagi turli ijtimoiy muammolar, ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik, oilaviy munosabatlar va yoshlar tarbiyasiga oid sahna asarlarini ham tayyorlab, ularni keng ommaga taqdim etishmoqda. Ushbu chiqishlar orqali talabalar tomoshabinlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularda tahliliy fikrlash va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Bundan tashqari, teatr-studiyalar tomonidan yangi spektakllar tayyorlanib, universitet, shahar va viloyat miqyosidagi turli madaniy tadbirlarda namoyish etish rejalashtirilmoqda. Ushbu ijodiy jamoalar kelajakda professional teatr san’atiga qadam qo‘yish istagidagi yoshlar uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
«Talabalar_radiosi» badiiy rahbari J.Mamamtov
Talabalar radiosi da beriladigan eshttirish va xabarlaorning qisqacha mazmuni bilan tanishing :- “Axborot” dasturi (institutda bo‘layotgan yangiliklar, talabalarga oid ma’lumotlar, qaror va farmonlar qisqacha ma’lumot tarzda yetkaziladi)
- “E’lonlar” sahifasi ( qisqa e’lonlar, institutda bo‘layotgan tadbirlarga chaqiruv, tanlovlarga e’lonlar beriladi )
- “Ponorama” ( ijodkor talabalar uchun imkoniyat bu yerda talaba yoshlar o‘zlarining ijodlaridan namunalar keltirishadi )
- “Kulgu vaqti”-( sahifada kayfiyatni ko‘taruvchi hazil mutoyiba audiolar berib boriladi, xususan talabalar ijodidan )
- “Qiziqarli ma’lumotlar”-( sahifa qiziqarli ma’lumotlar asosida tayyorlanadi )
- “Interesting time”- ( sahifa ingliz tilida yuritiladi unda ingliz tiliga qiziquvchi talaba yoshlar ma’lumotlar asosida sahifani boyitishadi. Talaba yoshlarda ingliz tilini o‘rganish imkoniyati ham hisobga olingan)
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “TALABALAR_RADIOSI” ning ish rejasi
| № | Radio ish kunlari | Murojaatlar,Qabul qilish kunlari. | Ovoz yozish kunlari | Kunlik yangrash vaqtlari | Kunlik yangrash davomiyligi |
| 1 | dushanba | 8:00-12:00 Oralig‘ida | 8:00-12:00 15:30-17:00 | 1-Juftlik boshlangunga qadar | 30- daqiqa |
| 2 | seshanba | 8:00-12:00 Oralig‘ida | 8:00-12:00 15:30-17:00 | 1-juftlik boshlangunga qadar | Tanaffusda 10- daqiqa |
| 3 | Chorshanba | 8:00-12:00 Oralig‘ida | 8:00-12:00 15:30-17:00 | 1-juftlik boshlangunga qadar | Tanaffusda 10-daqiqa |
| 4 | Payshanba | 8:00-12:00 oralig‘ida | 8:00-12:00 15:30-17:00 | Katta tanaffusda | Tanaffusda 30- daqiqa |
| 5 | Juma | 8:00-12:00 oralig‘ida | 14:00-17:00 Oralig‘ida | 2-smena 1-juftlik boshlangunga qadar | Tanaffusda 10 – daqiqa |
| 6 | Shanba (dam olish ) | Dam olish | Dam olish | Dam olish | Dam olish |
| 7 | Yakshanba dam olish | Dam olish | Dam olish | Dam olish | Dam olish |
