Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/01/2023
Chop etish
Universitet rektori  Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini taqdirladi.

1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulug‘vor ishga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.  Jizzax davlat pedagogika universitetida ana shu kun o‘zgacha nishonlandi. Tadbirga  faxriy xarbiylar taklif etildi.

Tantanali bayram tadbirida so‘zga chiqqan universitet rektori bugungi kunda oliygohda faoliyat yuritayotgan bir guruh soha vakillarining Vatan oldidagi xizmatlari doimo  yuqori baholanishini ta’kidlab, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat tiladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga bayram sovg‘asi topshirildi. Universitet badiiy jamoasining chiqishlari tantanali shodinaga yanada fayz kiritdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 301
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.