Jizzax davlat pedagogika universiteti
Jizzax davlat pedagogika universiteti 1974-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik pedagogik oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Universitet tarkibida 9 ta fakultet, 30 dan ortiq kafedra hamda 70 ga yaqin bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari faoliyat olib boradi. Hozirda 17 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, ularga 700 nafardan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.
Ta’lim jarayoni zamonaviy kredit-modul tizimi, HEMIS raqamli platformasi hamda elektron ta’lim resurslari asosida tashkil etilgan. Universitet o‘zining ilmiy maktablari, zamonaviy laboratoriyalari va mustahkam texnik bazasi bilan ajralib turadi.
XX asrning 70-yillarida buyuk davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning shaxsiy tashabbusi bilan Jizzax shahrida oliy ta’lim muassasasiga asos solingan edi. 1989-yili institutga o‘zbek adabiyotining suyukli namoyondasi Abdulla Qodiriy nomi berildi. 2022-yili esa hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi va farmoni bilan ushbu dargohga “Universitet” maqomi berildi. Bu – faqatgina nom emas, balki mas’uliyat, imkoniyat va yuksak maqsadlar sari qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi.
Bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va boshqa qator davlatlarning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.
O‘tgan 2024-2025 o‘quv yilida universitet o‘zining 50-yillik tantanalarini nishonladi. Ushbu tantanalarga xorijiy hamda respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan 100 ga yaqin olimlar kelishdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining 50-yillik muborak yubileyi munosabati bilan chop etilgan, “Universitet sari odimlar” nomli 5 jildlik tarixiy asar o‘z mazmun-mohiyati bilan nafaqat Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyatiga qiziquvchi kitobxonlar, balki barcha oliy ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va keng jamoatchilik uchun muhim ilmiy-ma’rifiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ortda qolgan 50-yil davomida bu dargohda necha-necha olimu fuzalolar, ustoz va shogirdlar, ziyoli avlodlar parvarish topdi. Universitetimiz, haqiqatdan ham, ko‘plab el ardoqli ziyolilarni kamolga yetkazgan muqaddas ilmu ma’rifat maskanidir.
Universitet raqamlarda:
Universitetda tahsil olayotgan talabalar umumiy soni
Universitet professor o‘qituvchilarining umumiy soni
Universitet tarkibidagi kiruvchi fakultetlar soni
Kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Oliygoh fakultetlari tarkibidagi kafedralar soni
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim yo‘nalishlari
Turli fanlar bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari soni
Xalqaro hamkorlikdagi hamkor universitetlar
Universitetga tegishli o‘quv binolari soni
Universitetda faoliyat yuritayotgan laboratoriyalar va ilmiy markazlar
Universitetda faoliyat olib borayotgan Professorlar soni
Universitetda faoliyat olib borayotgan Dotsentlar soni
Universitetda faoliyat olib borayotgan Fan doktorlari (DSc) soni
Universitetda faoliyat olib borayotgan Fan nomzodlari (PhD) soni
Universitetda faoliyat olib borayotgan katta ilmiy xodimlar soni
O‘qituvchilik — insoniyat tarixidagi eng sharafli va mas’uliyatli kasblardan biridir. Bu nafaqat bilim berish, balki qalblarni tarbiyalash, insonning ma’naviy olamini boyitish va unga yorqin kelajak sari yo‘l ko‘rsatish san’atidir.
Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun faqatgina o‘z fanini chuqur bilishning o‘zi kifoya emas. Haqiqiy pedagog — keng dunyoqarashli, qo‘shni fanlardan xabardor, so‘zini ta’sirli yetkazadigan notiq, nozik qalbli psixolog, zarurat tug‘ilganda esa iste’dodli aktyor bo‘la olishi kerak. Zero, dars jarayoni — bu faqatgina bilim almashish emas, balki o‘quvchining qalbiga yo‘l topa olish san’atidir.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zining bosh maqsadi sifatida ana shunday barkamol, har tomonlama yetuk va malakali mutaxassislarni tarbiyalashni oldiga qo‘ygan. 1974-yilda atigi ikki fakultet — o‘zbek filologiyasi va matematika, 425 nafar talaba hamda 29 nafar fidoyi o‘qituvchilar bilan faoliyatini boshlagan oliygoh, bugungi kunda yuksak taraqqiyot bosqichiga yetib kelgan.
Oradan yarim asrdan ziyod vaqt o‘tar ekan, universitet o‘zining mustahkam an’analari, qadriyatlari va “oltin qoidalari” bilan nafaqat mintaqada, balki respublikamizda ham e’tirof etilgan nufuzli ta’lim maskaniga aylandi. Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti zamonaviy ta’lim va ilm-fanning yorqin markazlaridan biri sifatida minglab yoshlarning qalbiga ma’rifat chirog‘ini olib kirishda davom etmoqda.
Hurmat bilan,
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich
Rektorat
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati oliygohning barcha tuzilmalarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlovchi asosiy boshqaruv organidir. U rivojlanishning strategik maqsadlarini shakllantiradi, ta’lim, ilmiy va ma’muriy jarayonlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Universitet kengashi
Universitet kengashi — oliygohning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydigan, asosiy akademik va tashkiliy qarorlarni muhokama qiladigan va tasdiqlaydigan bosh kollegial organ. Uning tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar tarkibi vakillari kiradi.
Me’yoriy hujjatlar
Bo‘limda universitetning tashkiliy-huquqiy va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi asosiy ichki va davlat me’yoriy hujjatlari keltirilgan. Bu yerda ustav, qoidalar, kodekslar va ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan boshqa hujjatlar mavjud.
Ta’lim muassasalari
Jizzax davlat pedagogika universiteti tuzilmasiga turli darajadagi ta’lim tashkilotlari kiradi: umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va ikkita texnikum. Ushbu muassasalar ta’limning uzluksizligini ta’minlaydi va pedagogik amaliyot va kadrlar tayyorlash uchun muhim platformalardir.
