Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/11/2021
Chop etish
“U-REPORT” – XALQARO YOSHLAR LOYIHASI JIZZAXDA!

“U-Report” – yoshlarni jalb qilish uchun innovatsion muloqot platformasi boʻlib, yoshlarga oʻz hayotlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirish, roʻy berayotgan jarayonlar va islohotlarda faolroq ishtirok etish, hukumatga esa yoshlar muhitidagi ijtimoiy kayfiyatini oʻrganish, yoshlarga oid qarorlarni qabul qilishda buni hisobga olish imkoniyatini beradi.

“Yuksalish” umummilliy harakati YUNISEF ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Jizzax viloyatida “U-Report” platformasining navbatdagi taqdimot kampaniyasiga start berdi. Taqdimotlar 22-27-noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yoshlarga “U-Report”ning mazmun va mohiyatini tushuntirish uchun 8 ta hududdan eng shiojatli, faol ureportyorlar yetib keldi.

Birinchi taqdimotlar Jizzax viloyati Yoshlar agentligi boshqarmasida boʻlib oʻtdi. Bu yerga yoshlar ittifoqi vakillari, yoshlar agentligi, yoshlar parlamentining yoshlari hamda volontyorlar ishtirok etishdi. Shuningdek kun davomida 3 ta Oliygoh talabalari uchun ham taqdimotlar amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

Xususan, bugun Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan uchrashuvlarda mingga yaqin talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Maʼlumot oʻrnida, har kun umumiy hududlarda 28 ta taqdimotlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

“U-Report” platformasini Jizzax shahridagi Oliy taʼlim muassasalari va barcha tumanlaridagi kasb-hunar maktablari, texnikum hamda maktab oʻquvchilariga taqdim etish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz: “Yuksalish” umumilliy harakati YUNISEF bilan hamkorlikda U-Report loyihasining taqdimotlarini Sirdaryo, Andijon, Buxoro hamda Namangan viloyatlarining yoshlari uchun oʻtkazgan va mazkur taqdimotlarga jami 40 minga yaqin yoshlar qamrab olingan. Hozirda platforamaga 210 mingdan ziyod yigit va qizlar aʼzo boʻlib u yerda hukumat, davlat va nodavlat idoralari, xalqaro tashkilotlar tomonidan yoshlar yuzasidan u yoki bu dolzarb mavzularda beriladigan choʻrovlarga faol oʻz fikrlariri berib kelmoqda.

“U-Repotr” uchun har bir yosh yigit va qizning fikri muhim!

 

Shahzoda JALOLIDDINOVA,

“Ziyo chashmasi” muxbiri.


Ulashish:
1 785
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.