Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2024
Chop etish
Tyutorlar malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2024-2025 o‘quv yilida universitetda faoliyat yuritayotgan tyutorlar malakasini oshirish maqsadida  o‘quv seminari tashkil etildi.Seminarni universitet yoshlar masallari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi . U  Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar, tyutorlik faoliyatini yanada shakllantirish, faoliyatning texnologiyalari, vositalari va funksiyalari, tyutorlik tizimida ijara xonadonlari bilan hamkorlikda ishlarni olib borish xususida to‘xtaldi.

Seminarda asosiy urg‘u HEMIS platformasi, Kredit-modul va talabalarning bilimini baholash tizimi mavzusiga qaratildi. Oliygohning registrator ofisi mutaxassislari tyutorlarga mavzu doirasida tushunchalar berishdi.

Shuningdek, o‘quv seminarida tyutorlar va talabalar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha  normativ-huquqiy hujjatlar ham tanishtirildi. seminar so‘ngida ta’lim muassasasidagi mavjud TTJlar, TTJlarda yaratilgan sharoitlar, ichki-tartib intizom, joylashish shartlari xususida ham so‘z yuritildi.


Ulashish:
897
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.