Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2025
Chop etish
Turkiyalik professor JDPUda
Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy hamkorlikni mustahkamlash masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlar bilan faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishga erishdi.

Bugun universitetga Turkiyaning EMI instituti (Dilkur akademiyasi) raisi professor Himmat Karadal tashrif buyurdi. Professor Himmet Karadal universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog‘ida tashrifidan ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi. Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida universitetlar o‘rtasida o‘zaro EMI Kongressi Xalqaro EMI tadbirlorlik va ijtimoiy fanlar kongressini o‘tkazish, Turkiyada PhD va Magistratura talabalari uchun amaliyot darslari tashkillashtirish, Turkiyada akademiklari uchun tadqiqot usullari va nashriyot bo‘yicha ta’lim dasturlarida ishtirok etish, Onlayn va offlayn professional sertifikat dasturlarida o‘zaro ishtirok etish.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarini muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida ikki yurt oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi, Turkiya universitetlari tajribali professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalarini, darslarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishlari borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv so‘ngida ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, shu bilan birga, taklif va mulohazalarni o‘rganib, har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng professor Himmet Karadal Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi. Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.


Ulashish:
852
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...
“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.