JDPU rektori boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillarining talabalar turar joylariga muntazam taşriflari davom etmoqda.
Uşbu taşriflardan közlangan asosiy maqsad talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş hamda yoşlar bilan bevosita muloqotni yölga qöyişdan iborat.






Navbatdagi taşrif universitetning 1- va 2-sonli talabalar turar joyida taşkil etildi. Avvalgi uçraşuvlardan biroz farqli tarzda, bu galgi tadbir talabalar uçun madaniy hordiq va kötarinki kayfiyat ulaşişga yönaltirildi.









Universitet rahbariyati taşabbusi bilan talabalar uçun oş dasturxoni taşkil etilib, yoşlar bir davra atrofida jam böldilar. Bunday e’tibor va ğamxörlik talabalarning universitet hayotiga daxldorligini yanada oşiriş, ular örtasida döstona muhitni mustahkamlaşga
xizmat qiladi.




Tadbirning davomi TTJ hududida universitetning «Iqtidorli yoşlar» badiiy dastasi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturiga ulanib ketdi. Ijodiy çiqişlar, kuy-qöşiqlar va musiqiy dasturlar talabalarga xuş kayfiyat bağişladi.






Ta’kidlaş joizki, talabalar turar joylarida taşkil etilayotgan bunday uçraşuv va tadbirlar yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ular uçun qulay ma’naviy muhit yaratiş hamda universitet va talabalar örtasidagi yaqin muloqotni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
