Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2025
Chop etish
TTJda “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.
JDPUga qarashli 1-2-sonli talabalar turar joyida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.

Dastlab talaba yoshlar, xalqimizning asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos va mos bo‘lgan urf-odatlari, madaniyati, milliy o‘yinlarini namoyon etishdi.

– Bugungi sayl, talablik yillarimizni eslatib yubordi, milliy qadriyatlarimizga asoslangan xalq o‘yinlari, turli badiiy dasturlarni tomosha qilish bilan birga jarayonda ishtirok ham etdik. Ruhlandik, zavqlandik, – deydi universitet rektori Shavkat Sharipov – Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz farzandlarimiz, yoshlarimizning to‘g‘ri tarbiya topishiga, jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga, ma’nan yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi.

Sayilda talabalari tomonidan tayyorlangan turli dasturlar barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, arqon tortish, tosh ko‘tarish, besh tosh, chillak o‘yinlari, kelin salom, baxshi termalari, laparlar, sayil mehmonlariga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.  Bir so‘z bilan aytganda, “Milliy qadriyatlar sayli”barchaga xushnudlik ulashdi.


Ulashish:
679
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.