Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2025
Chop etish
The Young Public Diplomacy Summit (YPDS) dasturi diplomatiyaga qiziquvchi, yosh va intiluvchan turli soha vakillari uchun 3 kunlik sammitni Toshkent shahrida o‘tkazdi.
Joriy yilning 6-8 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu sammitda dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan Italiya, Ispaniya, Indoneziya, Angliya, Rossiya, Kolumbiya, Braziliya, Pokiston, Eron, Hindiston, Sudan, Xitoy, Ozarbayjon, Xitoy va O‘zbekistondan yosh diplomatlar o‘zaro fikr almashishdi.

Ushbu dasturda ishtirokchilar bir qator puxta ishlab chiqilgan modullar orqali zamonaviy xalq diplomatiyasi amaliyotlari, mahalliy xalqlarning tutgan o‘rni, san’at va faollikning kesishuvi hamda madaniy aloqalarning asosiy rolini o‘rganishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dildora Bahriddinova Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu sammitda ishtirok etib, xalqaro diplomatiya borasidagi bilimlarini oshirib qaytdi.

Shuningdek, sammit ishtirokchilari Pokistonning O‘zbekistondagi muxtor elchisi H.E. Ahmed Farooqning taklifiga binoan Pokiston elchixonasida bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliyotda targ‘ib etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Sammit qiziqarli va xalqaro tajribalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
967
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.