Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2025
Chop etish
“Texnologiya va art dizayner” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Texnologiya va art dizayner” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga zamonaviy texnologiyalar, art dizayn yo‘nalishidagi innovatsion yondashuvlar, ijodiy tafakkurni rivojlantirish usullari haqida amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

To‘garak a’zolari turli bezak buyumlari, dekorativ ishlar, grafik dizayn elementlari ustida ishlash jarayonida o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishdi. Ustozlar tomonidan talabalarning har bir ijodiy ishlari tahlil qilinib, estetik did, texnik mahorat va g‘oyaviy yondashuv jihatdan baholab borildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda dizayn tafakkuri, texnologik madaniyat va amaliy ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, kasbiy mahoratni mustahkamlashdan iboratdir.

Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan to‘garak a’zolari rag‘batlantirildi va keyingi darslar uchun yangi ijodiy loyihalar rejalashtirildi.


Ulashish:
1 444
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...