Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/07/2024
Chop etish
Test jarayonlari qanday o‘tmoqda.

Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududiga kirib borar ekansiz, mingdan ortiq turnaqator bo‘lib turgan ota-onalar, bobo-buvilarni ko‘rasiz. Oyoqlari yerga, ko‘zlari esa bo‘lajak talabani imtihonga kirib ketgan tarafga qadalgan. Bir buvi nabirasining rosa tayyorlanganini, xudo xohlasa bir emas, byudjetga kirishini aytsa, yana bir bobo ham tavakkal topshirayotgan nabirasidan umid qilib o‘tirganini bildirdi. Ular orasida turmush kelini bilan birga kelgan qaynonalar borligi ham quvonarli.

 

Jarayonlar 2 ta smenada amalga oshirilmoqda.  Abituriyentlar va ularning ota-onalariga ko‘maklashish, tartib-intizomni saqlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari faol xizmat qilmoqda. Suratlarda universitetning Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi: o‘qituvchilar, volontyor talabalar va tyutorlar.


Ulashish:
886
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.